Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik iste’foga chiqarildi. Germaniya futbol ittifoqi jamoaning yomon natijalari sabab 58 yoshli murabbiy bilan xayrlashishga qaror qildi.
Flik Germaniya terma jamoasi bilan so‘nggi 5 ta o‘yinda 4 mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgandi. Kecha jamoa Yaponiyaga yirik hisobda yutqazdi.
Fransiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda Germaniyani terma sport direktori Rudi Feller boshqaradi.
Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi murabbiyligiga asosiy nomzod Yulian Nagelsmann bo‘lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar