SSKA hamda "Krilya Sovetov" o‘rtasidagi RPLning 8-tur uchrashuvidan (2:2) so‘ng mezbon jamoa ustozi Vladimir Fedotov bahsda o‘zini ko‘rsatgan Abbos Fayzullayev haqidagi savolga javob berdi.
- Abbos Fayzullayev zaxiradan maydonga tushib, o‘yinga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. U haqida fikr bildira olasizmi?
- Abbos biz bilan yetarlicha vaqt davomida mashg‘ulot o‘tkazyapti. Keyin terma jamoaga borib, 3ta o‘yin o‘tkazdi va ularda muhim rolda bo‘ldi. Uning terma jamoadagi va "Sochi"ga qarshi Kubok bahsidagi o‘yinlarini tahlil qilib, Abbos maydonga tushishi borasida qaror qabul qildim. Boshqalarga to‘xtaladigan bo‘lsak - ularning ba’zilari uzoq vaqt qo‘l ostimda bo‘lishmadi. Mendes endigina yetib keldi. Maydonga tushganlar jamoa tasarrufida va o‘yinga tayyorlar edi. Zaxiradagilar bo‘yicha ham rejalarim bor edi, ikkinchi bo‘limda ularni ishga solishga to‘g‘ri keldi. O‘yin bunday bo‘lishini hech qachon o‘ylamaysan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!