Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Al-Hilol" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 52-daqiqada Toma Tobatadze hisobni ochdi. Faqatgina 90+10-daqiqa davom etayotgan bir paytda Al-Bulayhi muvozanatni tikladi.
Garchi, lochinlar so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa-da, Osiyo grandi maydonida bir ochko qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
"Al Hilol" - "Navbahor" 1:1
Gol: 0:1 — 52, Toma Tabatadze, 1:1 — 90+10, Ali Al Bulayhi.
"Al Hilol": 21.Muhammad Alovais, 5.Ali Al Bulayhi, 7.Salmon Al Faraj (28.Muhammad Kanno, 74), 8.Ruben Nevesh (14.Abdulloh Al Hamddan, 89), 9.Aleksandar Mitrovich, 10.Neymar, 12.Yosir Al Shahroni (16.Nosir Al Davsari, 74), 66.Saud Abdulhamid (14.Abdulloh Al Hamddan, 89), 77.Malkom Oliveira, 87.Hassan Tambakti, 96.Maykl Delgado.
Zaxira: 31.Habibi Al Vatyan, 40. Ahmad Abu Rasyin, 2.Muhammad Al Burayk, 4.Halifa Al Davsari, 11.Solih Al Shahri, 32.Muteb Al Mufarrij, 56.Muhammad Al Qahtoni, 70.Muhammad Jafali.
"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 14.Jamshid Boltaboyev, 22.Igor Golban, 10.Jamshid Iskanderov, 17.Abror Ismoilov (21.Temurxo‘ja Abduholiqov, 70), 13.Filipp Ivanovich, 5.Milosh Milovich, 77.Asadbek Sobirjonov (19. Doniyor Abdumannopov, 53), 91.Toma Tabatadze (31.Luka Chermel, 83), 7.Oston O‘runov, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev (8.Jasur Yaxshiboyev, 83).
Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 4.Azim Ahmedov, 16.Bo‘riyev, 27.Shahboz Jo‘rabekov, 24.Davron Hoshimov, 20.Muzaffar Mo‘minov, 90.Davron Olimjonov.
Ogohlantirish: Filipp Ivanovich (28), Neymar (60)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!