Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Al-Hilol" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 52-daqiqada Toma Tobatadze hisobni ochdi. Faqatgina 90+10-daqiqa davom etayotgan bir paytda Al-Bulayhi muvozanatni tikladi.
Vodiyliklar safida gol urgan gruziyalik legioner uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Emotsiyalar tasvirlab bo‘lmas darajada. "Al-Hilol" kabi yulduzlarga to‘la jamoaga qarshi shaxsan men umuman duch kelmaganman.
- "Navbahor" qanday qilib bunday jamoaga qarshi shuncha vaqt gol o‘tkazib yubormaslikni uddaladi?
- Biz o‘yinga yaxshi tayyorlandik va konsentratsiyani ushlay oldik.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar