Rossiya milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Boris Ignatev “Sport ekpress” nashriga bergan intervyusida SSKAning yangi o‘yinchilari – braziliyalik himoyachi Kellven, o‘zbekistonlik hujuskor futbolchi Abbosbek Fayzullayev hamda chililiy forvard Viktor Davilaning salohiyatini baholadi.
— Siz “armiyachilar”ning yangi legionini qanday baholasiz?
— Menga Abbosbek Fayzullayev juda yoqdi. U maydonda begonasiragani yo‘q. Ko‘pchilik o‘yinni buzib qo‘yishdan qo‘rqib, bellashuvlarga kirisha olmaydi. Yangi o‘yinchilar ko‘pinchi shunda xato qiladi.
O‘zbek futbolchisi yosh bo‘lishiga qaramay, o‘yinda mas’uliyatni o‘ziga olishdan qo‘rqmas ekan. U asosiy tarkibdan o‘ziga joy ochyapti.
Eng muhimi, o‘zini SSKAda azaldan beri o‘ynayotgandek his qilyapti. Juda zo‘r transfer!
— Braziliyalik Kellven, chililik Davilachi?
— Kellven — tartib-intizomli o‘yinchi, katta hajmdagi ishlarni bajaryapti va o‘ng qanotni to‘liq yopishga qodir.
Oddiy futbolchidan usta futbolchining farqini aytaymi?
— Ha...
— Bir harakat bilan o‘yin yo‘nalishini o‘zgartirib yuborish qobiliyati. Malkom, Vendel, Klaudino, Promes — mana shu toifadagi o‘yinchilar. eto kak raz pro nix. Davila maydonda kutilmagan qarorlari bilan ko‘zga tashlangani yo‘q. U harakatchan, lekin bundan ortiq emas.
Ta’kidlash joizki, bugun Rossiya futbolining ko‘plab vakillari Abbosbek Fayzullayevni bejizga maqtayotgani yo‘q.
Rossiya Premer-ligasining sakkizinchi turidan o‘rin olgan SSKA va “Krilya Sovetov” o‘yinida moskvalik armiyachilar birinchi bo‘limda raqibga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida mezbonlar o‘yinchisi Villian Rosha maydondan chetlatildi. Biroq kam bo‘lib qolganiga qaramay, SSKA o‘yinda ustunlikni o‘z tomoniga og‘irdi. Bu ishni tanaffusdan keyin maydonga tushgan yangi o‘yinchi – 19 yoshli Abbosbek Fayzullayev uddaladi.
Legionerimiz jamoadoshlarini qulay pozitsiyaga chiqarishdi, standart vaziyatlar ijrosida, hujum uyushtirishda va raqib darvozasiga xavf solishda faollik ko‘rsatdi. Hisobni 2:2 qilgan hal qiluvchi pas ham Abbosbek Fayzullayev hisobiga yozildi.
Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli hujumkor futbolchi “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. SSKA uni avgust oyida transfer qilib, 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
Tomonlar o‘zaro kelishgan holda bitimni yana bir yilga uzaytirishi mumkin. Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer-ligasi orqali yanada kuchli chempionatlarga o‘tishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!