date
views 260

Timur Kapadze: "Vaziyatlardan gol ura olganimizda, ekstra-taymlarga hojat qolmasdi..."

Timur Kapadze: "Vaziyatlardan gol ura olganimizda, ekstra-taymlarga hojat qolmasdi..."

Osiyo o‘yinlari nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Indoneziya o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuv asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi. Ekstra-taymlarda esa vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi. 

Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirdi.

"Assalomu alaykum! Hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Qiyin  o‘yin bo‘ldi, asosiy vaqtda yutishni reja qilgandik. Ammo o‘xshamadi, nasib qilgani shu ekan.

Keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Muhimi, navbatdagi bosqichga chiqish vazifasini epladik. Bu bosqichda oson raqibning o‘zi yo‘q. Hamma Vatan uchun maydonga chiqmoqda va bor kuchi bilan "jang" taklif etyapti.

Shuningdek, birinchi bo‘limda havo biroz issiqroq bo‘ldi. Ikkinchi taymda yaxshi bo‘ldi, ammo iloji boricha kechroq vaqtda to‘p tepganimiz yaxshi bo‘lardi.

Bizda ko‘p imkoniyatlar bo‘lmoqda. Biroq kutilganidek foydalana olmayapmiz. Menimcha, yigitlarda ruhiy tomondan dadillik yetishmayapti. Qayd etish lozim, raqiblar ham mudofaada munosib qarshilik ko‘rsatmoqda.

Qolaversa, yana bir qancha faktorlar bu narsaga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Masalan, yuqorida aytganim - ob-havo, maydon holati va shu kabi holatlar. Shunga qaramay, asosiy xato baribir o‘zimizda ekanini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Bu kabi turnirlarda tiklanish jarayoni muhim. Sababi, 2 kundan so‘ng yana maydonga tushamiz.

Raqiblar ham munosib o‘yin o‘tkazishyapti. Indoneziyaning himoyada ishonchli o‘ynashini taxmin qilgandik. Shunga qaramasdan vaziyatlardan gol ura olganimizda, ekstra-taymlarga hojat qolmasdi.

Aynan shu o‘yin uchun penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rmagandik. Har uchrashuv oldidan futbolchilarim penalti tepish mashqlarini o‘tkazishadi. Ammo baribir Indoneziya bilan seriyaga qadar kurash olib borishga tayyorlanmagandik", - dedi mutaxassis.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Vaziyatlardan gol ura olganimizda, ekstra-taymlarga hojat qolmasdi..."