Braziliyalik yulduz Neymar Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida qatnao‘shish uchun "Al-Hilol” bilan Eronga keldi.
Bu gal saudiyaliklar “Nassaji Mazandaran” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Neymarga raqib jamoa maydonining ahvoli yoqmadi.
- Bu imkonsiz, - deb yozdi Neymar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Neymar “Al-Hilol”ga yozi transferlar mavsumida ko‘chib o‘tdi va 2025 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
Osiyo chempionlar ligasining birinchi turida “Al-Hilol” o‘z maydonida “Navbahor” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. “Nassaji Mazandaron” futbolchilairi esa, Hindistonda “Mumbay Siti” ustidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar