Ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Al Fayxa" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda "sherlar" ustozi Maksim Shatskix va himoyachi Stinvorden qatnashdi.
"Barchaga xayrli kech. Ertaga bizni "Fayha" bilan qiziqarli va keskin o‘yin kutmoqda. Bu raqibni o‘rgandik, ular kuchli va tezkor jamoa. Jamoalar muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol ko‘rsatishadi.
Birinchi turda biz ham, raqib ham kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Shu sababli olti ochkolik bahs kutib turibdi deb o‘ylayman. Bizda tayyorgarlik uchun kamroq vaqt bo‘ldi, lekin yigitlar jismonan va ruhan o‘yinga hozir.
Dastlabki o‘yinda bizga vaziyatlardan foydalanish yetishmadi. Raqibimiz deyarli barcha xavfli vaziyatlardan foydalandi, biz esa imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik", - dedi Shatskix.
"Kecha Riyodga yetib kelib, iqlimga moslashib ulgurdik. Bizni kuchli raqib bilan qiziqarli o‘yin kutmoqda deb o‘ylayman. Jamoa bilan "Fayha"ni yaxshi o‘rgandik. Biz o‘zimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga intilamiz", - dedi Stinvorden.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring