Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Al Fayha" - "Paxtakor" bahsi bo‘lib o‘tdi va uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Birinchi turda o‘z maydonimizdagi va bugungi o‘yin bir-biriga o‘xshash bo‘ldi: tashabbusga ega bo‘ldik, ustunlik qildik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik o‘z darvozamiz oldida ikkita xato qildik va ikkita gol o‘tkazdik. Gol urmasdan g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Birinchi taymda biroz og‘ir harakat qildik, tanaffusdan so‘ng yigitlar o‘zlariga kelishdi, afsuski gol ura olmadik.
- "Paxtakor" OCHLda katta tajribaga ega, ammo bu mavsum ikkita mag‘lubiyat bilan boshlandi. Buning sababi nimada?
- Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Oldinda to‘rtta o‘yin bor. Guruhdan chiqish uchun oxirigacha kurashamiz", - dedi mutaxassis.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring