11:50 / 05.10.2023
253

Timur Kapadze: "Koreya kuchli jamoa, ularga hakam yon bosishining keragi yo‘q"

Timur Kapadze: "Koreya kuchli jamoa, ularga hakam yon bosishining keragi yo‘q"

Osiyo o‘yinlari 1/2 finalidan o‘rin olgan Koreya Respublikasi — O‘zbekiston (2:1) uchrashuvidan keyin olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ilk navbatda, yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Sababi, ular yaxshi harakat qildi. G‘alaba uchun tayyorgarlik ko‘rdik. Koreya kuchli jamoa ekanligini bilardik. Shunga qaramasdan, shogirdlarim yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Ikkita xatoga yo‘l qo‘yishimiz oqibatida gollar o‘tkazib yubordik. Birinchisi standartdan edi, ikkinchisida o‘zimiz xato qildik. Koreyadek jamoa bunday xatolarni kechirmaydi. Ikkinchi bo‘lim bu holatdan chiqishga harakat qildik, biroq uddasidan chiqolmadik. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bugungi bahsni tahlil qilamiz.

Futbolda emotsiya bo‘lishi tabiiy. Buning ham me’yori bor va undan chetga chiqmaslik kerak. Bugungi uchrashuvdagi qizil kartochka hakam bilan tortishish oqibatida olinmadi, bu jazo kurashlar uchun berildi. Koreya shundoq ham kuchli jamoa va ularga hakam yon bosishining keragi yo‘q. Lekin avvalgi o‘yinda bo‘lgani singari bugun ham ular to‘qnashuvlarda maydon uzra ko‘p marotaba yotib olishdi. Bizning foydamizga esa hakam hushtak chalmadi. Hech kim bu yerga yutqazgani kelmaydi. Shogirdlarim hali yosh, bu narsani sekin-sekin tushunib boradi", — dedi o‘zbekistonlik murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 3-o‘rin uchun bahsda Gongkong bilan bellashadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Koreya kuchli jamoa, ularga hakam yon bosishining keragi yo‘q"