Tennischilarimiz Devis kubogi pley-off bosqichida Shveytsariya bilan kuch sinashadi

Tennischilarimiz Devis kubogi pley-off bosqichida Shveytsariya bilan kuch sinashadi
Tennischilarimiz Devis kubogi pley-off bosqichida Shveysariya bilan kuch sinashadi

Xabaringiz bor, 15-17 iyul kunlari poytaxtimiz mezbonlik qilgan Devis kubogida Jahon guruhining pley-off bosqichiga terma jamoamiz qur’a natijalariga ko‘ra, Shveytsariya termasi bilan uchrashadigan bo‘ldi.

Tennis olamining eng nufuzli musobaqalaridan hisoblangan ushbu turnirning qur’a tashlash marosimida 14 terma jamoa ishtirok etdi.

Jahon guruhi pley-offi juftliklari bilan tanishing:

O‘zbekiston - Shveytsariya;
Belgiya – Braziliya;
Avstraliya – Slovakiya;
Kanada – Chili;
Hindiston – Ispaniya;
Yaponiya – Ukraina;
Germaniya – Polsha.

Pley-off uchrashuvlari shu yilning 16-18 sentyabr kunlari nomlari birinchi yozilgan mamlakatlar mezbonligida tashkil etiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar