UYEFA 2032 yilda Yevropa chempionatiga Italiya va Turkiya mezbonlik qilishini ma’lum qildi. Bu qaror UYEFA ijroiya qo‘mitasining bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilindi.
Qayd etilishicha, italiyaliklar va turklar qo‘shma arizada Yevro-2032 o‘yinlari uchun 20 ta potensial stadionni taqdim etgan. 2026 yilning oktyabriga qadar mezbonlik qiluvchi 10 ta arena tanlab olinadi - har bir mamlakatdan beshtadan.
Eslatib o‘tamiz, Yevro-2024 Germaniyada, Yevro-2028 Buyuk Britaniya va Irlandiyada bo‘lib o‘tadi.
Amaldagi Yevropa chempioni Italiya terma jamoasi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar