11:10 / 13.10.2023
82

Shahram G‘iyosov noyabr oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi

Yarim o‘rta vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosovning (14-0-0) navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonlik bokschi katta ehtimol bilan professional faoliyatidagi o‘n beshinchi jangini noyabr oyi oxirida o‘tkazadi.

Bu haqida Shahram hamkorlik qiladigan “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

G‘iyosovning bo‘lajak raqibi va jang manzili hozircha ma’lum emas. Lekin G‘iyosov qoida bo‘yicha keyingi jangini WBA Regular chempioni Eymantas Stanionis yoki reytingning birinchi pog‘onasida borayotgan Verjil Ortizga qarshi o‘tkazishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov so‘nggi jangini 18 iyun kuni AQSHning Nyu-Orlean shtatida mahalliy bokschi Harold Kalderonga (27-1-0) qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi va raqibiga ilk mag‘lubiyatni taqdim etgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov noyabr oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi