SSKA futbolchisi Ivan Oblyakov jamoadoshi Abbosbek Fayzullayev jamoa mashg‘ulotiga 30 kg osh olib kelganini aytdi.
"Yaqinda qiziqarli holat bo‘ldi. Mashg‘ulot qilayotganimizda u qayerdandir osh buyurtma qildi. Katta qozonda osh olib kelishdi. Tushligimiz juda mazali bo‘ldi", - dedi Oblyakov.
20 yoshli Fayzullayev 2023 yil yozida "Paxtakor"dan SSKAga o‘tgandi. U ushbu mavsumda 15 o‘yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar