Sobiq UFC chempioni Israel Adesanya (24-3) faoliyatida uzoq muddatli tanaffus qilishni rejalashtirayotganini aytdi.
“Men hech qanday bahona izlamayman. O‘sha kecha Striklend g‘alaba qozondi, chunki u eng yaxshi jangchi edi. U o‘z ishini yaxshi bajardi va shuningdek orqasida yaxshi jamoa ham bor edi. Men hech qachon bahona qilmaganman. Men unga kamarni berdim, lekin endi menga o‘zimni parvarish qilish uchun vaqt kerak va men uzoq vaqt jang qilmaslikni rejalashtiryapman.
Men, albatta, nafaqaga chiqmayman, men o‘zimni nimalarga qodir ekanligimni bilaman. Men yana xohlagan natijalarimga erishish uchun hayot tarzimda o‘zgarishlar qilishim kerak deb hisoblayman. Men tiklanishni davom etyapman, biroq siz meni uzoq vaqt jangda ko‘rmaysiz”, - dedi Adesanya The Rock You Tube kanaliga bergan intervyusida.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring