Filipp Truse: "O‘zbekistonga qarshi o‘yin Koreya bilan to‘qnashuv oldidan yaxshi sinov bo‘ldi"
Vetnam va O‘zbekiston (0:2) terma jamoalari o‘rtasidagi nazorat uchrashuvidan keyin vetnamliklar bosh murabbiyi Filipp Truse o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Vetnam terma jamoasidan ancha kuchli ekanligini barcha biladigan raqibga duch keldik. Shunday ekan, ushbu o‘yindagi maqsadimiz to‘psiz o‘ynagan holda mustahkam himoyaga e’tibor qaratish edi. Oktyabr oyidagi uchta raqibimizning barchasi Vetnam termasidan kuchli ekanligi aniq. Xususan, bu o‘yinlarda ko‘proq e’tiborni himoyani mustahkamlash va qarshi hujumlarni muvaffaqiyatli yakunlash hamda o‘yin uslubini yaxshilashga qaratishimiz kerak.
Umuman olganda, maydonga tushirilgan futbolchilarning harakatlari, bir-birining o‘rnini to‘ldirishi va konsentratsiyasidan mamnunman. Biroq jamoaning qarshi hujumga o‘tish jarayoni, shuningdek, to‘p bizda vaqti bir necha marta xatoga yo‘l qo‘yib, raqibga uni osonlik bilan qaytarib olishiga imkon bergan holatlar meni qoniqtirmayapti. So‘nggi ikki o‘yindan so‘ng bir necha kun dam olish, tiklanish va Koreyaga qarshi o‘yinga eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun vaziyatlarni tahlil qilish kerak bo‘ladi.
Koreyaga qarshi bahsga qadar himoya qo‘rg‘onini yaxshilashimiz va yanada kuchaytirishimiz kerak. O‘zbekiston yoki Koreya kabi kuchli jamoalar bilan to‘qnash kelganda, jamoa 30-35 foizinigina to‘p nazoratiga ega bo‘lishi mumkin. To‘psiz qolgan vaqt himoyani intizomli tarzda ushlab turish kerak. O‘zbekistonga qarshi o‘yin Koreyaga qarshi uchrashuv oldidan yaxshi sinov bo‘ldi", - dedi fransiyalik mutaxassis.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring