15 oktyabrga o‘tar kechasi Las-Vegasda UFC Fight Night 230 turniri bo‘lib o‘tdi.
Kechaning markaziy jangida yarim yengil vazn toifasi vakillari Edson Barboza (24-11) hamda Sodiq Yusuf (13-3) oktagonga ko‘tarildi. Ushbu jangda Barboza ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Turnirning boshqa janglari:
- Viviyen Araujo (12-5) Jennifer Mayyani (21-10-1) ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi;
- Jonatan Martines (19-4) ikkinchi raundda Adriyen Yanezni (16-5) nokautga uchratdi;
- Mishel Pereyra (29-11) birichi raundda Andre Petroskini (10-2) nokautga uchratdi;
- Kristian Rodriges (10-1) Kameron Saaymanni (9-1) ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi;
- Melissa Dikson (6-0) Irina Alekseyevani (5-2) ochkolar hisobiga ko‘ra yutdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar