23:05 / 15.10.2023
344

Srechko Katanes Xitoy bilan ertangi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

Srechko Katanes Xitoy bilan ertangi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va futbolchi Otabek Shukurov Xitoyga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashishdi.

"Hammaga xayrli kech. Qisqa qilib aytaman, bu o‘yinga jamoamiz tayyor. Futbolchilar bilan bog‘liq hamma narsa joyida, hech kimda jarohat yo‘q.

Aytishiim mumkinki, eng asosiysi futbolchilarim ertaga jarohat olmasligi. Chunki maydonni ko‘rgach aytish mumkinki, futbolchilar uchun judayam xavfli. Bu oddiy o‘rtoqlik uchrashuvi va natija hech qanday ahamiyatga ega emas. Biz umuman boshqacha uslubda o‘ynashimiz mumkin, ko‘plab o‘yinchilarni sinab ko‘rishimiz mumkin. Shu sabab futbolchilarimizning o‘zaro hamjihatligini ta’minlash va keyingi muhim o‘yinlarga tayyor holda yetib kelish.

- 2019 yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Xitoy bahsi va ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz...

- Men 2019 yilda Xitoyda kim murabbiy bo‘lgan, qanday o‘yin bo‘lgan bilmayman. Buni hech qanday ahamiyati yo‘q. Eng asosiysi ertangi o‘yin va saralash o‘yinlariga yaxshi kayfiyatda yetib kelishimiz.

- 2026 yilgi jahon chempionatida yo‘llanmalar soni oshirilgani bizga mundialga chiqish uchun imkoniyatmi?

- Barcha terma jamoalar uchun yaxshiroq imkoniyat deb hisoblayman. Kimgadir osonroq kechadi, kimgadir qiyin. Buni keyinroq bilib olamiz.

- Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov nima sababdan bu yig‘inda qatnashmayapti?

- Eldorga dam berishga qaror qildim va boshqa sabab yo‘q", - dedi Katanes.

Otabek Shukurov ham bu bahs oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Avvalambor barchaga assalomu alaykum. Biz futbolchilar o‘yinga tayyormiz. O‘rtoqlik bahsi bo‘lishiga qaramasdan bu biz uchun juda muhim. Chunki terma jamoaning har bir o‘yini muhim hisoblanadi. Muxlislarimiz bizdan faqat g‘alaba kutishadi. Futbolchilarda ham kayfiyat a’lo va ertaga g‘alaba uchun maydonga chiqamiz", - dedi Shukurov.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes Xitoy bilan ertangi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi