15:53 / 23.10.2023
145

Maksim Shatskix: "Axal" har bir raqibga muammo tug‘dira oladi"

Maksim Shatskix: "Axal" har bir raqibga muammo tug‘dira oladi"

OCHL guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Axal" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix va futbolchi Farruh Sayfiyev ishtirok etishdi.

"Barchaga xayrli kun. "Axal" haqida yetarlicha ma’lumotlarga egamiz. Haqiqatan ham munosib raqib. O‘yinlarini tahlil qildik – tez va yaxshi shakllangan jamoa. Har bir raqibga muammo tug‘dira oladi, jamoaviy himoyalanadi. Ertaga vaziyatlardan foydalanishga harakat qilamiz va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga intilamiz. Muxlislarni xursand qilishimiz kerak. Bizga ayni paytda 3 ochko zarur", – deydi Maksim Shatskix.

- Avvalgi ikki turda "Paxtakor" hech bir jabhada raqibidan qolishmadi. Statistikada ham buni ko‘rish mumkin, lekin yakun yetishmadi. Ertaga "Axal" himoyadan o‘yinni tashkil qiladi. Gol urishdagi muammoni qanday hal qilmoqchisiz? Boz ustiga Cheran o‘ynamaydi...

- To‘g‘ri aytdingiz. Raqibdan hech bir jabhada qolishmadik. Ustunlikka ega bo‘ldik. "Axal" yaxshi himoyalanadi va juda tezkor qarshi hujumga o‘tadi. Ochiq zonalardan foydalana oladi. Biz futbolchilarimizning kuchli taraflaridan foydalangan holda o‘yinni tashkil qilishimiz zarur. O‘ylaymanki, ertaga ijobiy natijaga erisha olamiz.

- Mavsumning murakkab pallasida turibmiz. Ertaga futbolchilar jismoniy tomonlama o‘yinga tayyormi?

- Bu borada muammo yo‘q deb o‘ylayman.

"Ertaga bizni juda yaxshi o‘yin kutmoqda. 3 ochko juda muhim. Guruhdan chiqish uchun imkoniyatimiz bor. "Axal"ning o‘yinlarini ko‘rdik. Ilk turda ular "Al Fayha"ni mag‘lubiyatga uchratdi. Biz faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz", – dedi Farruh Sayfiyev.

"Paxtakor" – "Axal" uchrashuvi ertaga 19:00 da boshlanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Axal" har bir raqibga muammo tug‘dira oladi"