Pike telefonga anqayib, ikki metrli chuqurga tushib ketdi

Pike telefonga anqayib, ikki metrli chuqurga tushib ketdi

Barselona”ning sobiq futbolchisi Jerar Pike kulgugi voqea sababchisiga aylandi. U telefonga berilib ketib, ikki metrli chuqurni payqamay qoldi va unga tushib ketdi.

Pike telefonga anqayib, ikki metrli chuqurga tushib ketdi

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bu voqea futbolchining o‘zi tashkil qilgan Kings League media turnirining ochilish marosimida ro‘y bergan.

Manbalar Jerar Pikening o‘zi shikastlanmaganini yozmoqda.

Pike kataloniyaliklar safida 2008-2022 yillar davomida to‘p tepgan. Jami 616 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 53 ta gol va 13 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Ayni paytda mashhur o‘yinchi “Andorra”, deb nomlangan xususiy klubini rivojlantirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Pike bu klubni 2018 yili dekabrda sotib olgandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar