Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi va namanganliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. 2-daqiqada Asadbek Sobirjonovning uzatmasidan so‘ng Doniyor Abdumannopov hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim shu tarzda yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan "uchar tulporlar" 58-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Yon chiziqdan jarima maydoniga otilgan to‘pni Sunnatulloh Hamidjonov "lochinlar" darvozasiga joylab qo‘ydi.
Bellashuvning 82-daqiqasida Jamshid Iskanderovning super uzatmasidan so‘ng Oston Urunov gol urib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin oxirida Temur To‘xtasinov "Navbahor" darvozasiga penalti belgiladi, biroq O‘tkir Yusupov Nimelining zarbasini qaytardi.
Shu tariqa, Babayan shogirdlari safardan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.
SURXON – NAVBAHOR 1:2
Gollar: Sunnatulloh Hamidjonov (Diyor Ramazonov) 57' – Doniyor Abdumannopov (Asadbek Sobirjonov) 2', Oston O‘runov (Jamshid Iskanderov) 82'
Gol urilmagan penalti: Silvanus Nimeli 90+5' (darvozabon)
"Surxon": 1.Artyom Potapov (s), 2.Bobur Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov (9.Muhammad Ali Abdurahmonov, 82), 6.Artyom Sokal, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun Sherbo‘tayev (17.Jahongirbek Abdusalomov, 89), 10.Tamirlan Jamalutdinov, 15.Diyor Ramazonov, 18.Silvanus Nimeli, 25.Behzod Shamsiyev, 66.Behruz Shaydulov (5.Azizbek Pirmuhammadov, 82).
Zaxira: 86.Davron Merganov, 4.Shahzod Tairov, 19.Nuriddin Hasanov, 27.Asilbek Jumayev, 77.Asadbek Karimov, 99.Komron Saydazimov.
"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov (s), 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboyev, 17.Abror Ismoilov (4.Azimjon Ahmedov, 78), 19.Doniyor Abdumannopov, 21.Temurxo‘ja Abduholiqov, 22.Igor Golban, 77.Asadbek Sobirjonov (7.Oston O‘runov, 55).
Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 20.Muzaffarxon Mo‘minov, 27.Shohboz Jo‘rabekov, 31.Luka Chermel, 96.Usmonali Abdukarimov, 97.Abror Abdurazakov, 98.Davronbek Olimjonov.
Ogohlantirish: Jahongirbek Abdusalomov (90).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!