date
views 447

Bahodir Jalolov Saudiyada Oleksandr Usik bilan uchrashdi

Bahodir Jalolov Saudiyada Oleksandr Usik bilan uchrashdi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan boks kechasida rasmiy mehmoni sifatida ishtirok etib, superog‘ir vazn toifasidagi WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi ukrainalik Oleksandr Usik bilan uchrashdi.

Bokschilar sport zalida o‘zaro ko‘rishib, yaqin kelajakda o‘zaro ringga chiqishlarini do‘stona «ko‘z urishtirish» orqali ma’lum qilgan.

«Butun O‘zbekiston bu jangni kutayotganini sezib turibman, agar hammasi faqat menga bog‘liq bo‘lganida ertagayoq ringga chiqqan bo‘lardim. Biz butun dunyoga haqiqiy klassik jangni namoyish etardik. Omad senga, chempion!», - deya yozadi Bahodir Jalolov tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik 29 yoshli bokschi 27 avgust kuni nigeriyalik Onoryode Evariyemeni mag‘lub etib, professional boksdagi g‘alabali seriyasini 13 jangga yetkazdi. U barcha janglarida muddatidan avval g‘alaba qozongan.

Avvalroq, Jalolov promouter Bob Arumga (Top Rank) Oleksandr Usik yoki Joshua singari istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov Saudiyada Oleksandr Usik bilan uchrashdi