"Buxoro" darvozasiga penalti noto'g'ri belgilandi. Ikkala hakam nomuayyan muddatga chetlatildi
O'zbekiston futbol hakamlari markazi "Buxoro" – "Paxtakor" uchrashuvidagi bahsli penalti yuzasidan o'z qarorini chiqardi.
"Biroz avval o'z nihoyasiga etgan Coca Cola Superligasi 23-turi doirasidagi "Buxoro" – "Paxtakor" bahsining 90+5-daqiqasida yuzaga kelgan bahsli vaziyatdan so'ng uchrashuv VAR hakamlari bosh hakam Ravshan Abduvohidovni monitor yoniga chaqirdi va takrorlarni ko'rib chiqishga chorladi. SHundan so'ng bosh hakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladi.
Natijada, o'yin taqdirini hal qilgan ushbu vaziyat bo'yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulodda yig'ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. Quyida ushbu xulosa va qarorni etiboringizga havola etamiz.
Mazkur vaziyatda video assistentlar bosh hakamni VAR protokoliga ko'ra noto'g'ri chaqirdi. Aslida bunday vaziyatga VAR aralashishi kerak emasdi. Bundan tashqari, videotakrorlarda qoidabuzarlikni aniq qayd etish uchun etarli dalillar bo'lmagani bois, ekspertlar bir ovozdan penaltining ham noto'g'ri belgilanganini qayd etishdi.
Natijada, bosh hakam Ravshan Abduvohidov va VAR hakami Nayim Qosimovning VAR licenziyalari qaytarib olindi. Ularning ishi O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasiga oshirildi. SHuningdek, ikkala hakam ham nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatildi", -deyiladi O'zbekiston futbol hakamlari markazi bergan bayonotda.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring