O‘zbekiston Superligasi 22-turdan qoldirilgan "Navbahor" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 0:1 hisobida zafar quchdi. Yagona golga Mateus Lima Kruz mualliflik qildi. Uning goliga Sherzod Nasrullayev assistentlik qildi.
O‘yindan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida Samvel Babayanning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
"Bugun mamlakatimizning ikki kuchli klubi to‘qnash keldi. O‘yin yaxshi, qiziqarli hamda intensiv tarzda o‘tdi. Afsuski, mag‘lub bo‘ldik. O‘ylashimcha, natija adolatdan emas. Umuman olganda, yaxshi uchrashuv o‘tkazdik. Biroq natija yo‘q. Muxlislardan uzr so‘ragan bo‘lardim. Yigitlarga e’tiroz yo‘q.
Jarohatlar qiynadi. Jokich qaytdi. Tabatadze Kubok yarim finalida safdan chiqdi. Zaxiradan maydonga tushgan Mo‘minov eng iqtidorli futbolchi. U "Navbahor"ning kelajagi. Iste’dodli futbolchilarimiz bor.
Bizda vaziyatlar bo‘lyapti va bundan muammo yo‘q. Ammo ulardan foydalana olmayotganimiz kamchiligimiz. Masalan, "So‘g‘diyona" bilan uchrashuvda ham ko‘plab imkoniyatlar yaratgandik. Biroq foydalana olmadik. Boshqa bahslarda ham shunday bo‘ldi. Bu bizdagi futbolchilarning jarohatlangani bilan ham bog‘liq, desa bo‘ladi".
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!