date

Italiya kubogi. "Kalyari"da irodali g‘alaba, Shomurodov 76 daqiqa o‘ynadi

Italiya kubogi. "Kalyari"da irodali g‘alaba, Shomurodov 76 daqiqa o‘ynadi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan "Kalyari" jamoasi Italiya kubogining 2-bosqichida "Udineze" mehmoni bo‘ldi.

Ushbu o‘yinda "Kalyari" irodali g‘alabaga erishdi. Shomurodov esa o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 76-daqiqada almashtirildi. Uning o‘rniga tushgan Viola hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, ekstra-taymning so‘nggi daqiqalarida Lapadula gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

"Udineze" – "Kalyari" 1:2 

Gollar: 1:0 – 63 Gessan, 1:1 – 80 Viola, 1:2 – 120 Lapadula.

"Udineze" – Okoye, Joau Ferreyra, Tikvich, Gessan (Nvachukvu, 95), Kamara (Zemura, 66), Lovrich (Kina, 66), Sarraga, Kamara (Peyichich, 89), Ake, Toven (Pafundi, 67), Lukka (Diavara, 89).

"Kalyari" – Radunovich, Di Pardo (Dzappa, 18), Veteska, Xatsidyakos, Atssi (Lapadula, 76), Yankto (Obert, 46), Makumbu, Oristanio (Pereyro, 76), Sulemana (Deyola, 105), Petanya, Shomurodov (Viola, 76).

Ogohlantirishlar: Pereyro (76), Gessan (79), Veteska (90), Kina (90), Joau Ferreyra (108).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Italiya kubogi. "Kalyari"da irodali g‘alaba, Shomurodov 76 daqiqa o‘ynadi