OCHLning 4-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yindan oldin "SHarja" bosh murabbiyi Kosmin Olariu hamda Sebastyan Talyabue matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Kosmin Olariu: - Qarshiga ikkinchi marta tashrif buyuryapman va bu jamoani yaxshi bilaman. "Nasaf" o'z maydonida yaxshi o'ynaydigan jamoa. Doimiy ravishda muxlislari qo'llab-quvvatlab turishadi. "Nasaf" o'z uslubiga ega jamoa, shu sababli ertaga bizni qiyin o'yin kutib turganini yaxshi bilamiz. SHarjadagi ilk o'yinda buning guvohi bo'lganmiz.
Sebastyan Talyabue: - Ertaga bizni juda qiyin uchrashuv kutib turibdi. "Nasaf"ning qanday kuchga ega ekanligini bilamiz. "Nasaf" guruhimizdagi eng yaxshi jamoalardan biri. Ertangi uchrashuv birinchisidan ko'ra qiyinroq bo'ladi. CHunki g'alaba bizga ham, "Nasaf"ga ham kerak. Agarda g'alaba qozonadigan bo'lsak, guruhdagi vaziyatimizni yaxshilab olgan bo'lardik. Ertangi uchrashuv ikkala jamoa uchun ham qiyin o'tadi. Qaysi jamoaning koncentraciyasi yuqori bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi deb o'ylayman.
- O'tgan turda "Nasaf" mag'lub bo'ldi. O'sha o'yinda "Nasaf"na nima etishmadi deb o'ylaysiz?
Kosmin Olariu: - SHarjadagi o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. 60-65 daqiqa mobaynida biz raqiblardan ko'ra yaxshiroq o'ynadik. "Nasaf"ning esa bir qancha asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushmadi. Bizda uch nafar asosiy himoyachimiz o'ynamadi, shu sababli yarim himoyada o'ynaydigan futbolchilarni mudofaada o'ynatgandik. "Nasaf"ning stadioni biznikiga o'xshash, ular birinchi marta bu stadionga kelgani yo'q. SHu boisdan ulardan boshqacharoq o'yin kutgandik. Umuman olganda "Nasaf" qarshi hujumlarda tez o'ynaydigan jamoa. SHu sababli ushbu bahsga qattiq tayyorlandik.
- "Nasaf" "SHarja"ga qarshi ikkinchi mavsum o'ynamoqda. O'shanda ham jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev edi. Ro'ziqul Berdievning o'sha jamoasi va hozirgi jamoasi o'rtasida qanday farq sezildi, qanday o'zgarishlar bo'ldi deb hisoblaysiz?
Kosmin Olariu: - Farq katta. Futbol yildan-yilga o'zgarib bormoqda. Biror jamoa shunday paytda bir-biridan farq qiladi. Jamoa mentaliteti, uslubi o'sha-o'sha, lekin texnik va taktik tomondan o'zgarishlar bo'ladi. SHu sababli o'zgarishlar katta.
- Ikkita savolim bor: Miralem Pyanichning holati qanday? Ertangi uchrashuvda jamoaning g'alabasi uchun imkoniyatlarni qanday baholaysiz?
Kosmin Olariu: - Pyanich jarohatlangan. Uni xavf ostiga qo'yishni istamadik va shu sababli ertangi uchrashuvda o'ynamaydi. Oldinda chempionat doirasida bizni qiyin o'yinlar kutib turibdi. Futbolchilarning sog'lig'i bilan tavakkal qila olmaymiz. O'yinga kuchli tayyorlandik, bu erga g'alaba uchun keldik. Qiyin o'yin kutib turibdi, lekin har qanday holatda ham biz g'oliblik uchun maydonga tushamiz.
- "SHarja" OCHLda o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?
Kosmin Olariu: - Guruhdagi boshqa jamoalarda ham pley-offga chiqish uchun imkoniyatlari saqlanib turibdi. SHu sababli ayni damda biz ham guruhdan chiqishni o'ylaypmiz. Boshqa maqsadimiz yo'q, eng birinchisi guruhdan chiqish.
- "SHarja" uchun qaysi taktika qulayroq - himoyada yotib, hujumga o'tishmi yoki hujumkorlikmi?
Kosmin Olariu: - Bu qiyinroq savol. Ertangi o'yinda kimlar o'ynashini ham bilmaymiz. Tarkibdan kelib chiqib taktika tanlaymiz. O'zimizning g'oyalarimiz, uslublarimiz bor. Barchasini o'yinga tanlangan tarkib orqali aniqlaymiz.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring