00:11 / 07.11.2023
224

Lima Kruz: "Bunday himoyaga qarshi hujumchilar har doim qiynaladi"

Lima Kruz: "Bunday himoyaga qarshi hujumchilar har doim qiynaladi"

OCHL 4-turida "Nasaf" "Sharja" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan so‘ng o‘yinda muhim golni urgan Lima matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Avvalo, bugun gol urganimdan xursandman, lekin menga jamoaning natijasi ko‘proq muhim. O‘yinda g‘alaba qozona olmaganimiz sabab biroz xafaman. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba uchun bor kuchimizni berishga harakat qilamiz. Shu bilan birga, menga ishonch bildirgan murabbiylarga rahmat aytmoqchiman".

- Raqib himoyasini yorib o‘tish nega bunchalik qiyin bo‘ldi?

- "Bu umumiyroq savol. Har o‘yinga tayyorlanayotgan paytda qaysi zonalardan yorib kirish mumkinligiga e’tibor qarataman. Raqibni zaifroq tomonini o‘rganamiz. Katta klublarda hujumchiga boshqa pozitsiyadagi futbolchilar ham yordamga keladi. Misol uchun, zich himoyalangan jamoaga qarshi har doim straykerlar qiynaladi. Biz to‘liq e’tiborni faqat himoyaga emas, balki butun tarkibga qaratamiz".

 - Lima Kruz ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynayapti, lekin qachon kuchli zarbaga ega bo‘ladi?

- "Sizga shunaqa tuyulishi mumkin. Men ko‘p gollarimni oyoqda uraman. OKMK, "Olimpik"ga qarshi uchrashuvlarda oyoqda darvozani ishg‘ol qildim. Agarda shunday bo‘lsa, men buning ustida ishlayman. Menimcha, bosh bilan ham, oyoq bilan ham birdek o‘ynayman", - dedi braziliyalik hujumchi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lima Kruz: "Bunday himoyaga qarshi hujumchilar har doim qiynaladi"