Maksim Shatskix: "Bunday joyda o‘ynashga qaror qilingan ekan, chimni yaxshi holatda ushlash kerak"
OCHL 4-turidan o‘rin olgan "Axal" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yindan keyin Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Natijadan qoniqmadim, bizga g‘alaba zarur edi. O‘yin oxirida qiyin vaziyatdan chiqib ketishga urindik. Shunday ajoyib stadionda tabiiy chim yoki hech bo‘lmaganda sifatli sun’iy chim yo‘qligi ajablanarli. Bunday joyda o‘ynashga qaror qilingan ekan, chimni yaxshi holatda ushlash kerak. Yevropada ham ba’zida bunday maydonlarda o‘ynaladi, ammo sifati juda yaxshi. Bu maydon juda qattiq. Kamchilikda qolgan bo‘lsak-da, oxirgi daqiqalarda o‘yinni o‘zgartirishga intildik. Vaziyatlarimiz bo‘ldi, lekin aniq zarbalar yo‘llay olmadik. Mezbonlar kutilmagan narsa bilan hayron qoldirishmadi, kutilganidek harakat qilishdi".
"Kam bo‘lib qolganimizdan keyin hujumni jonlantirish uchun hujumkor futbolchilarni tushirdim. Qizil kartochka borasida e’tirozim yo‘q. Hakam VARni ko‘rgani borayotganda yordamchilarimga maydondan chetlatish bo‘lishini aytdim. O‘yindan keyin bu vaziyat uchun Odil do‘stlaridan uzr so‘radi", - Shatskix.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda "Paxtakor" 4 ochko bilan guruhida 2-o‘rinda turibdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring