09:43 / 12.11.2023
184

Igor Shkvirin: "Qosimov yirik mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarni finalga qanday tayyorlagani muhim"

Igor Shkvirin: "Qosimov yirik mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarni finalga qanday tayyorlagani muhim"

Taniqlik sobiq futbolchi, OKMK jamoasida uzoq yillar ishlagan Igor Shkvirin ertangi kubok finali oldidan fikrlarini bildirdi.

- Birinchidan final bitta uchrashuvdan iborat. Men imkoniyatlarni 50/50 baholagan bo‘lardim. "Nasaf" o‘z maydonida Qarshida o‘ynaydi. Bu narsa ularning foydasiga ishlashi ma’lum. Stadionda qarshilik muxlislar ko‘p bo‘lishi tabiiy holat. Qarshida futbolni yaxshi ko‘rishadi boz ustiga o‘yin kubok finali maqomida. Lekin kubok bitta o‘yindan iborat va yuqoridagi detallar katta ahamiyat kasb etmasligi mumkin. O‘yin uslubi taraflama oladigan bo‘lsak deyarli bir-biriga o‘xshash. To‘p nazoratiga, o‘yinni o‘z qo‘liga olishga harakat qilishadi.

- Ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan jihat, OKMKning mag‘lubiyatdan keyingi tayyorgarligi. Chunki OCHLdagi mag‘lubiyat istalgan futbolchi va murabbiy uchun qattiq zarba hisoblanadi. "Qizilqum"da ishlaganimda "Paxtakor"ga 0:11 hisobida mag‘lub bo‘lgan edik. Amaliyotimda bunday vaziyatga duch kelganman. Yutqazdik va men ketish uchun ariza yozdim. Rahbarimiz Nikolay Semyonovich Dyakov arizani qabul qilmagandi. O‘shanda rahbariyat qo‘llab-quvvatlagan. OKMKda ham shunga o‘xshash holat. Birinchi o‘rinda barchasini tahlil qilish lozim. Qanday bo‘ldi, nima sabablar bunday holatga olib keldi. OKMK rahbariyati Qosimovga ishonishda davom etsa, keyingi mavsumda barchasi boshqacha bo‘ladi, deb o‘ylayman. Qosimov qanday ishlashni biladi. U 4 yil ichida isbotlay oldi. OKMK OCHLda o‘ynashni boshladi. Bu yil jamoa 2ta o‘yinni yutib chiqdi va guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.

- O‘tgan o‘yin Qosimov uchun yaxshigina dars bo‘ldi, deya olaman. Hozirda iste’foga chiqarish fakt bilan qaralganda to‘g‘ri bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Men vaqtida boshimdan o‘tkazganman. Bu yerda rahbariyat va homiylar qanday munosabatda bo‘lishi muhim. Qosimov mag‘lubiyatdan so‘ng bu haftani qanday o‘tkazgani, futbolchilarga qanday ko‘rsatmalar bergani, qanday tayyorlagani muhim. Kubok finali OCHLga yo‘llanma beradi. Shu bois OKMKda katta motivatsiya bor. Jamoa to‘rtinchi o‘rin bilan mavsumni yakunlasa, hech narsa bermaydi.

- Endi jamoani o‘rniga qaraydigan bo‘lsak, eng ko‘p gol urgan jamoa ham, eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoa ham OKMK bo‘lib turibdi. Agarda jamoa yaratgan vaziyatlarini golga aylantirganida barchasi boshqacha ko‘rinish olardi. Balki yetakchiga aylanardi. OKMKning hujumda o‘ynashi yaxshi. Lekin orqa chiziqda muammolari ham borligini inkor qilib bo‘lmaydi. OKMKning gol urishiga, vaziyatlar yaratishiga ishonaman. Lekin o‘tkazib yubormaydi, deb ishonch bilan aytish qiyin. Ularga keyingi mavsumda ham imkoniyat berilsa, tarkibda o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Murabbiylar shtabi barchasini tushunib turibdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Shkvirin: "Qosimov yirik mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarni finalga qanday tayyorlagani muhim"