Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt keyingi yillarda mamlakatning eng zo‘r to‘purariga aylangan Harri Keyn haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Har qanday futbolchi sovrinlarni qo‘lga kiritishni istaydi. Hammamizning mo‘ljalimiz va maqsadimiz g‘olib chiqish. Harri Keyn individual sovrinlarni bilan faxralanadi. Lekin u bilan dildan suhbatlashsangiz, armoni klub yoki terma jamoa bilan sovrin qo‘lga kiritish ekanini tushunib yetasiz.
Hozir Keyn aynan mana shu maqsadiga yetish uchun to‘p tepyapti. Bugungi kunda uning eng katta kamchiligi jamoa bilan sovrin yuta olmaganidir, - dedi Garet Sautgeyt.
Darhaqiqat, 30 yoshli futbolchi o‘n yildan ziyod “Tottenxem”da to‘p tepgan bo‘lsa-da, ko‘p gol urganiga qaramay, jamoa bilan hech qanday sovrinni qo‘lga kirita olmagan. Keyn “Bavariya”ga nufuzli sovrinlar yutish uchun o‘tdi. Hozircha, uning ishlari yomon ketmayapti.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring