Frensis Ngannu: “Fyuriga qarshi jangda MMA'dagi butun faoliyatimda olgan gonorarimdan ko‘ra ko‘proq pul ishlab topdim”
Foto: Getty Images
Prof boksda debyutini o‘tkazgan sobiq MMA a’zosi Frensis Ngannu Tayson Fyuriga qarshi jangdan olgan gonorari haqida gapirib o‘tdi.
“Fyuriga qarshi jangda butun faoliyatim davomida olgan daromadimdan ko‘proq gonorar oldim. Menimcha, UFC juda kam gonorar berganini tushunyapsiz. Men oktagonga juda kam maosh bilan (10 ming dollar) chiqa boshlaganman. Reytingda ko‘tarilganim bilan moliyaviy qiyinchiliklar meni tark etmasdi.
Bu yerda esa hammasi boshqacha kechdi. Munosabat ham qirollarcha. Buni ta’kidlab ketmasam bo‘lmasdi. Hattoki, oilamga ham munosabat juda yaxshi bo‘ldi. Ular ring oldida turib, jangni tomosha qila oldi. Ularga shaharni ko‘rsatishdi.
Entoni Joshuadan ko‘ra Deontey Uaylderga qarshi jang kattaroq masshtabda bo‘ladi deb o‘ylayman. Derek Chisora? Meni faqatgina eng yaxshi bokschilar bilan janglar qiziqtiradi.
Menimcha, yana 8 ta jang o‘tkazsam kerak”, — deydi UFC sobiq chempioni.
Frensis Ngannu va Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang 28 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tdi. Fyuri hakamlar qaroriga ko‘ra jang g‘olibiga aylandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring