date

Ispaniya va Italiya klublari yangi Chempionlar ligasi tuzilishini istashmoqda

Ispaniya va Italiya klublari yangi Chempionlar ligasi tuzilishini istashmoqda

Evropaning yirik klublari tijoriy daromadlarni oshirish maqsadida yangi Chempionlar ligasi g‘oyasini ilgari surmoqda.

The Telegraph nashri ma’lumotiga ko‘ra, teletranslyasiyalardan katta daromad qilayotgan ingliz klublarining moliyaviy sharoitlari yaxshilanayotganidan tashvishga tushgan italyan va ispan klublari ushbu g‘oya tashabbuskorlari bo‘lmoqda.

O‘tgan mavsumda APLning 11 ishtirokchisi EChL chempioni bo‘lgan «Real»dan ko‘proq daromad qilgan. Kelgusida bu farq yanada oshishi mumkin.

Taklif etilayotgan variantga ko‘ra, turnirning yangi formatida ishtirokchilar soni 16ta bo‘ladi. Shuningdek, muqobil variant sifatida etakchi ligalardan oltitadan jamoa qatnashishi kafolatlanishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, o‘yinlarning dam olish kunlari o‘tishi taklif etilmoqda. Bunga esa APL klublari qarshi chiqishi aniq.

Manba: Tribuna.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ispaniya va Italiya klublari yangi Chempionlar ligasi tuzilishini istashmoqda