21:33 / 17.11.2023
190

Otabek Shukurov: "Amerikadagi sun’iy maydon yaxshi edi, kechagi esa..."

Otabek Shukurov: "Amerikadagi sun’iy maydon yaxshi edi, kechagi esa..."

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov bugun saytimizga kechagi Turkmaniston bilan o‘yin va bo‘lajak Eron bilan bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

— Kechagi g‘alaba bilan tarbiklaymiz. O‘yin haqidagi fikrlaringiz?

— Avvalambor assalomu aleykum, g‘alaba bilan butun O‘zbekistondagi futbol muxlislarini tabriklayman. Ko‘rganingizdek og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bu JCH saralashi doirasidagi birinchi o‘yin edi va maydon muammosi bor edi. Bunday joyda futbol o‘ynash og‘irroq va futbolchilarning sog‘ligi uchun xavfli. Nima bo‘lgan taqdirda ham uch ochko uchun borgandik va g‘alabani qo‘lgan kiritganimizdan juda ham xursandmiz. Inshoalloh, bugundan boshlab oldimizda turgan Eronga qarshi jiddiy o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

— Futbolchi sifatida siz uchun tabiiy va sun’iy maydonning farqlari nimada?

— Sun’iy maydonda chim betonning ustiga yotqiziladi. Masalan, Amerikadagi maydonda o‘ynasa bo‘lardi, sababi unda rezina bor edi. Kechagida esa bu narsa yo‘q. Bunday maydonda tez yugura olmaysiz va yugursangiz ham o‘zingizni to‘xtatishingiz qiyin. Futbolchi doim tabiiy maydonda o‘ynab yurgandan so‘ng bunday joyda o‘ynasa juda og‘ir bo‘ladi. Bu bog‘lamlar, bo‘g‘imlar va bellarga qiyinchilik tug‘diradi. Bunday maydonda to‘p yurmaydi va pas bergan joyingizga yetib bormaydi. Meksika bilan o‘ynadik, ammo u sun’iy maydonni yarmini tabiiy desa ham bo‘ladi. Shuningdek, unga suv quyilgan va bu to‘pning harakatlanishiga yordam beradi, kechagida esa suv ham qo‘yilmagan. Maydondagi teshiklar hech narsa emas, uning qattiqligi eng katta salbiy tarafi edi.

— Eronga qarshi tayyorgarlik haqida nima deya olasiz?

— Inshoalloh, bugundan boshlab organizmimizni tiklash bo‘yicha ish olib boramiz. Erta va indin kunidan esa jiddiy tarzda tayyorgarlikni boshlaymiz. O‘zingiz aytganingizdek, Eron jismoniy jihatdan kuchli va o‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘ramiz. Uydagi o‘yin, saralash bahsi, bir so‘z bilan aytganda juda muhim bellashuv. Hamma yigitlar tushunib turibdi va muxlislarning oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ladi deb o‘ylayman.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Shukurov: "Amerikadagi sun’iy maydon yaxshi edi, kechagi esa..."