21:46 / 21.11.2023
438

Amir Galenoi: "Eron ikkinchi bo‘limda tugadi"

Amir Galenoi: "Eron ikkinchi bo‘limda tugadi"

JCH-2026 saralashi doirasida O‘zbekiston termasi maydonidagi durangdan keyin Eron termasi bosh murabbiyi Amir Galenoi hamda futbolchi Ramin Rizoyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘zbekistonni Jahon chempionati saralash o‘yinlarida qatnashayotani bilan tabriklayman. Keyingi o‘yinda ularga omad tilayman. Bu o‘yin mening nazarimda juda chiroyli va sifatli bo‘ldi. Bizning futbolchilar birinchi bo‘limda o‘ynashdi, ikkinchi bo‘limda tugadi. O‘zbekiston termasi ikkinchi bo‘limda ikkita gol urdi. Mening o‘yinchilarim ikkinchi bo‘limda piyoda yurdi. O‘zbekiston esa haqiqiy futbol o‘ynadi.

Bu o‘yin zo‘r bo‘ldi, gollar chiroyli bo‘ldi. Muxlislar maza qilishdi. Futbol bu hayot. Birinchi mashq qilishadi va keyin dars olishadi. Biz bu o‘yindan katta hulosalar oldik. Agar yurakdan o‘ynalmasa natijaga erishib bo‘lmaydi.

Ramin Rizoyan: - Avvalambor, yig‘ilganlarga salom. O‘yin juda zo‘r va chiroyli bo‘ldi. Ikki jamoani bu bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda Eron zo‘r o‘ynadi, ikkinchi bo‘limda esa O‘zbekiston juda zo‘r o‘yin ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda o‘z uyingda devorlar ham yordam beradi degan jumla o‘z isbotini topdi. Misol qilsak, Erondagi o‘yinda 80 ming muxlis kuzatadi. U yerda ham muxlislarning qo‘llab-quvvatlovi ta’sir o‘tkazadi. Ikkinchi bo‘limda o‘yin ritmimiz juda tushib ketdi. O‘ylaymanki, o‘yindagi hisob odilona bo‘ldi.

- Siz ikkinchi marta Eronni boshqaryapsiz. Qaysi terma jamoa kuchliroq bo‘lgan. Hozirgimi yoki 2006-2007 yilgisi?

- Do‘stimiz ta’kidlagandek, men ikki marta Eronni boshqarganman. Ikki jamoada ham juda kuchli o‘yinchilar bo‘lgan.

- Ramin, O‘zbekiston jamoalariga qarshi kichik fursat ichida ko‘p marta o‘ynadingiz. U oldingi o‘yinlarda juda sokin edi. Bugun esa juda emotsional harakat qildi. Bunga sabab nima?

Ramin Rizoyan: - To‘g‘ri, o‘tgan safar boshqacha o‘yin ko‘rsatganman. Bugungi o‘yin ritmi bunga sabab bo‘ldi. Eron futbolchilari har doim jon-jahdi bilan harakat qiladi. Asabiylik, emotsiyalar futbolning bir qismi. Bu normal holat.

- Keyrush 10 yil davomida Eron terma jamoasini boshqarib ketdi. Hozirgi Eron termasida aynan Keyrushdan qolgan elementlar ko‘zga tashlanadi. Siz o‘zingizni Keyrushning davomchisi deb bilasizmi yoki alohida imzoyingizni yaratasizmi?

- Men 20 yildan beri murabbiylik qilib kelaman. Bu kabi savollar menga unchalik qiziq emas. Sababi, men o‘zim ikki marta termani boshqarganman. Futbolchi sifatida Osiyo chempioni ham bo‘lganman. Mening o‘yin falsafam hujumkor futbolga asoslanadi. Mening statistikamga e’tibor bersak, futbolchilik paytim men to‘purar bo‘lganman yoki to‘purarlikka harakat qilganman. Vaqt kamligi sababli biz hozir bizda bor futbolchilar bilan oldinga borishimiz kerak. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Murabbiy bo‘lganimdan so‘ng futbolchilar juda sifatli o‘yin ko‘rsatishdi. Bugun g‘alaba qozonganimizda yana bir rekord qayd etilardi. Biroq, g‘alabani qo‘ldan chiqardik va rekord o‘rnatilinmay qoldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amir Galenoi: "Eron ikkinchi bo‘limda tugadi"