Fransiya U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston qanday o‘yin namoyish etishini bilmayman"
Fransiya U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jan Lyuk Vannuki jahon chempionati chorak finalidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
"O‘zbekiston qanday o‘yin namoyish etishini bilmayman. Ular biz uchun yangicha jamoa sanaladi. O‘zbekiston Angliyani mag‘lub etgan bo‘lsa, bu ularning kuchli jamoa ekanligidan dalolat beradi. Bo‘lajak raqibimiz ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilyapmiz.
Senegalga qarshi o‘yinda nazoratni qo‘lga olganimizga qaramay, to‘pni ko‘p marotaba yo‘qotdik. Keyingi bellashuvda bunday holatga yo‘l qo‘ymasligimiz shart.
Uchrashuvda har qanaqa vaziyat bo‘lishi mumkin. Shu bois, mashg‘ulotlarda har qanday ssenariydagi holatga tayyorgarlik ko‘ramiz", - dedi Vannuki.
Eslatib o‘tamiz, U-17 jahon chempionati chorak finalidan o‘rin olgan Fransiya — O‘zbekiston uchrashuvi 25 noyabr kuni o‘tkaziladi.
Avvalroq fransuzlarning turnirdan chetlatilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring