"Ikkinchi bo‘limda "arabcha" futbol ko‘rsatdik!". Eron termasi ishqibozlari O‘zbekiston bilan o‘yin haqida nimalar demoqda?!
Jahon chempionati saralashi doirasida o‘tgan O‘zbekiston - Eron bahsi keng muhokamalarga sabab bo‘lganidan xabaringiz bor. Fors matbuotida ham ishqibozlar aynan shu o‘yin haqida 3 kundan beri bong urishda davom etmoqda. Biz esa, Eron terma jamoasi ishqibozlarining ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlari bilan qiziqdik. Xo‘sh, ular Toshkentda o‘tgan o‘yin haqida qanday fikrda?
Amir
Mana shu jamoa bilan murabbiy Osiyo kubogida g‘alaba qozonmoqchimi? Yaponiya ularni kutib turibdi!
O‘zbekiston uchun Eron bilan durang g‘alabaga teng! Ular o‘yinda bunga haqli ekanligini ko‘rsatib qo‘yishdi. Munosib o‘yin va haqli ravishda qo‘lga kiritilgan bir ochko bilan tabriklayman. Eron terma jamoasini biroz tartibga keltirish lozim. Futbolchilar shunchaki Eron termasida o‘ynayotganini evaziga g‘alaba qozona olmaydi. G‘alaba uchun maydonda harakat qilish lozim!
Hamid Efair
Hammasi joyida. Eron terma jamoasi agar chin yurakdan o‘ynasa, dunyoning istalgan terma jamoasini yengishga qodir.
Ahmad Rizo Zari
Rahmat yigitlar. Ikkinchi taymda juda shijoat bilan harakat qildinglar!
Ashkan Andishi
3-golni o‘tkazib yubormaganimiz uchun Yaratganga shukr. Barchasi kundek ravshan. O‘zbekiston birinchi golni urganidan so‘ng, futbolchilari hayotga yangi kelgandek bo‘ldi. Aynan o‘sha ishtiyoq evaziga yakunda biz g‘alabadan mahrum bo‘ldik.
Ashraf Agfa
Terma jamoamiz qarshi hujumga o‘ta olmayotganini ko‘rib, rosa kuldim. Nahot, bu ishni qilish shu qadar mushkul edi?!
Mehdi Obayd
Mana 8 yildir-ki, shu yigitlar terma jamoa sharafini himoya qilmoqda. Ularning yoshi ikki taymda ikki xil futbol ko‘rsatishimizga sabab bo‘lmoqda. Osiyoning boshqa grand jamoalari allaqachon tarkibni to‘liq yoshlardan shakllantirishni boshlab yuborgan. Ortda qolyapmiz.
Ardi Naimian
Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, ammo ikkinchi taymda jamoamiz 0! Futbolchi maydonda jang qilishi lozim. Eron termasining bu murabbiy bilan kelajagi yo‘q.
Ali Farhodi
Juda yomon o‘yin o‘tkazdik. Bahs davomida faqat ortga pas berdik. Aynan shu omil evaziga yakunda durang natija qayd etildi. Agar voqealar rivoji biroz boshqacharoq ketganida, mag‘lubiyatga uchrashimiz ham hech gap emas edi. Futbol rahbarlari Karlush Keyrush ketganidan so‘ng, boshqacha futbol namoyish etamiz degan edi. Afsuski, xatto hujumga o‘tganda ham himoya biz uchun birinchi raqamli bo‘lib qolmoqda.
Kuzey Iran
Xavotir olmanglar! Biz sizlarni Tehronda boshqacha kutib olamiz!
Nomi oshkor qilinmagan kuzatuvchi
Bu murabbiy terma jamoaga naf keltirmaydi. Boshqa variantlarni ko‘rib chiqish lozim.
Danda Beshlami
Srechko Katanes avvalroq Iroq terma jamoasini boshqargan. U Eron terma jamoasini juda yaxshi biladi. Bu maydondagi o‘yinda darrov ko‘zga tashlandi. Bu bahs uchun bizda "V" planning yo‘q ekanligi pand berdi. Menimcha, "A" plan ham aslida bo‘lmagan. Ikkinchi bo‘limda, jamoamiz himoyalanayotgan paytida to‘pni shunchaki tepib yuborish bilan shug‘ullandi. Xuddi, 60-yillarda bo‘lgan futbol singari. Agar o‘yin yana 10 daqiqa davom etganda, O‘zbekiston 3-golni ham urgan bo‘lar edi.
Mozafar Babkhani
Afsuski, Eron terma jamoasi futbolchilari juda og‘ir va dangasa. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda bu yaqqol ko‘zga tashlandi. O‘zbekiston esa, ustunligidan unumli foydalandi. Agar yana bir necha daqiqa bo‘lganida, so‘zsiz maydon egalari g‘alabani ilib ketgan bo‘lar edi.
Muhammad Barni
Bu o‘yin jamoa bosh murabbiyiga salom yo‘lladi. Ha, u juda mashhur futbolchi. Terma jamoada ham a’lo darajada to‘p surgan, biroq murabbiy sifatida unda hech qanday tajriba yo‘q. Menimcha, o‘yinda amalga oshirilgan o‘zgarishlar juda yomon effekt berdi. Ko‘plab zonalarda bo‘shliq paydo bo‘ldi. Afsus!
Nur Hammadi
Yaratganga shukrlar bo‘lsin, mag‘lub bo‘lmadik. Eron futbol rahbarlari terma jamoa boshqaruviga xalqaro tajribaga ega xorijlik mutaxassisni taklif etishi lozim.
Rohamyari
Bu murabbiy terma jamoa boshqaruvidagi birinchi katta o‘yinda ishtirok etib, sal qolsa mag‘lub bo‘lar edi. Yaratganni o‘zi bizni qo‘llab yubordi. Endi, shu o‘yin bilan Osiyo kubogida bizni nima kutayotganini o‘ylasam, ko‘zlarimga yosh kelyapti.
Hamid Osanlu
Afsuski, bizda terma jamoani kuchaytira oladigan boshqa futbolchi yo‘q. Menimcha, katta nomga ega kuchli mutaxassisni ishga taklif etishimiz lozim. Hozirgi tarkib futbolchilarning yaroqlilik muddati o‘tib ketgan. Ayrimlari hatto, terma jamoa darajasida ham emas.
Foriq Farhadi
Ikkinchi bo‘limda "arabcha" futbol ko‘rsatdik. Terma jamoa o‘zining birinchi jiddiy o‘yinidayoq sinovdan o‘ta olmadi. Afsuski, terma bosh murabbiyi vaziyatni to‘g‘ri baholay olmayapti.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev tayyorladi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring