21:45 / 25.11.2023
461

Hozir O‘zbekiston terma jamoasi ancha kuchaygan

Hozir O‘zbekiston terma jamoasi ancha kuchaygan

Rossiya Premer-ligasidagi legionerlarimizdan biri – “Rubin” sharafini himoya qilayotgan Rustam Ashurmatov metaratings.ru saytiga intervyu berdi.

27 yoshli futbolchimiz 2023 yilning boshidan beri “Rubin” jamoasida to‘p tepyapti. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lgan markaziy himoyachi faoliyati davomida yurtimizdan tashqari, ma’lum muddat Janubiy Koreyaning ikki klubida ham o‘ynagan.

Sports.uz portali o‘zbek futboli ishqibozlari e’tiboriga Rustam Ashurmatovning intervyusini havola etadi.

– Hozir Rossiya xalqaro turnirlarda qatnashmayapti. Shu bois, ko‘pchilik qo‘shni mamlakatlar, xususan, O‘zbekistonning ishtirokini kuzatyapti. Jahon chempionati ishtirokchilari soni ko‘paytirilganidan keyin sizlarda mundialga chiqish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. 2026 yili AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga chiqish imkoniyatingiz qanday?

– Bizda har doim yaxshi imkoniyatlar bo‘lgan. Bir necha marta bir qadam qolganida to‘xtaganmiz. Hozir bor e’tiborimiz jahon chempionatiga chiqishga qaratilgan.  Saralashni yaxshi boshladik.  

– Davlat rahbariyati maqsad jahon chempionatiga chiqish ekanini ta’kidlayaptimi?

– Ha, bizga har doim asosiy maqsad shu ekanini ta’kidlashadi. Shuningdek, har doim Osiyo chempionatida ham munosib qatnashishimiz talab etiladi.  Navbatdagi qit’a chempionati yil boshida bo‘ladi. Avval terma jamoamiz yarim finalgacha chiqqan. Endi navbatdagi qadamni tashlash kerak. Lekin asosiy maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish. Mening orzum – hammaga O‘zbekistonni jahon chempionatga chiqqanini ko‘rsatish va hamyurtlarimizni xursand qilish.

– Agar hammasi yaxshilik bilan tugasa, uch yildan keyin O‘zbekistondan Shimoliy Amerikaga safar uyushtirilar ekanda. Lekin hozir ham taqvim tig‘iz.  “Rubin”dagi o‘yinlardan keyin yil oxirida terma jamoa, keyin Osiyo chempionatida o‘ynash uchun Qatarga yo‘l olasan. Og‘ir emasmi?

– Hozirdan buning qanchalar qiyin bo‘lishini his qilyapman.  Yozgacha tanaffussiz mashg‘ulot va o‘yinlarda qatnashamiz. “Rubin”dagi oxirgi o‘yindan keyin biz Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘inga ketamiz. Keyin Qatarga boramiz.

– Rossiyada kuchli hujumchlarga qarshi o‘ynagansan. Eng qiyin raqib qaysi biri?

– Men “Krasnodar” bilan bahsda qatnashmadim. Lekin Kordobani Rossiya Premer-ligasidagi eng kuchli hujumchi, deb bilaman. Men uning qanday o‘ynashini ko‘rdim. Unga qarshi turish juda qiyin.

Rossiyaliklardan menga Komlichenko va Sobolev yoqadi. Men ularga  qarshi Rossiya terma jamoasi Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazganida o‘ynaganman. Ularda bo‘y, qomat va texnika bor – qiyin raqib. Jismonan baquvvat Zabolotniy bor, u “ikkinchi qavat”da yaxshi o‘ynaydi.

– Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari bir saviyadami? Har holda o‘sha o‘yinda hisob ochilmagan edi.

– Biz Rossiya terma jamoasi bilan bir xil saviyada bo‘lishni istaymiz. Lekin hozir ularning darajasi biroz yuqori. Rossiyada futbol kuchliroq, so‘nggi yillarda bizning termamiz ham ancha kuchaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hozir O‘zbekiston terma jamoasi ancha kuchaygan