Fransiya U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jan Lyuk Vannuki O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Bizda kuchli darvozabon bor, bugun ham u bir necha marta o‘z mahoratini namoyish etdi. Qolaversa, raqib ham kuchli edi. O‘zbekiston juda yaxshi jamoa, ularda iqtidorli futbolchilar bisyor.
Endilikda jismonan tiklanishimiz va keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Jahon chempionati ulkan musobaqa hisoblanadi, shu bois g‘alaba g‘ozonish uchun ko‘proq mehnat qilish darkor", - dedi Vannuki.
Eslati o‘tamiz, Fransiya o‘smirlar terma jamoasi U-17 jahon chempionatining yarim finalida Mali bilan kuch sinashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar