OCHL 5-turi doirasida "Al Ayn" Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qiladi. Bugun o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar ustozi Ernan Krespo ishtirok etdi.
"Amirlikning yetakchi klubi bilan murabbiylik faoliyatimda yangi tarix yozishni intiqlik bilan kutyapman. “Al Ayn” ertaga Osiyo chempionatida mamlakat sharafini himoya qiladi. Men musobaqa jadvalini belgilamaganman, lekin ilk navbatda, o‘z jamoamni barcha qiyinchiliklarga qarshi tayyorlash uchun mas’ulman.
Tarkibdagi futbolchilarning ko‘pchiligi Osiyo Chempionlar ligasida hali maydonga tushgani yo‘q. Shu bois, bo‘lajak uchrashuv ularning haqiqiy imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat deb hisoblayman.
"Al Ayn"ning Osiyoning eng nufuzli turnirida pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan tabriklayman, hozirda futbolchilar bilan ko‘proq tanishish ustida ishlayapman.
Ertaga kuchli futbolchilarga qarshi o‘yin o‘tkazamiz va yangi o‘yinchilarga imkon beramiz. "Paxtakor" bilan to‘qnash kelishga tayyormiz", - dedi Ernan Krespo.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring