U17 Jahon chempionati yarim final bosqichidan o‘rin olgan Mali va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda fransuzlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab Mali hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik Yevropa vakillari ikkita gol urishni uddasidan chiqdi.
Shu tariqa, Fransiya o‘smirlari finalda Argentinani mag‘lub etgan Germaniya termasiga qarshi maydonga tushadi. Final uchrashuvi 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fransiya U-17 – Mali U-17 2:1
Gollar: 0:1 – 45 Diarra, 1:1 – 56 Timti, 2:1 – 69 Buneb.
Fransiya U-17 – Argni, Titi (Zague, 63), Mepiyu, Sanda, Sadi, Sangui (Diallo, 46), Silla (Ferro, 90), Buneb (Tchpchet, 90), Amugu, Gomis, Lamburd (Tinkres, 84).
Mali U-17 – Kone, Sanogo, Traore, Kulibali (Tero, 87), Traore (Diop, 77), Makalu, Tia (Kone, 60), Barri, Kone, Kanate (Leintu, 87), Diarra (Dumbiya, 61).
Ogohlantirish: Traore (21), Silla (45), Kulibali (67), Sanda (71), Buneb (88).
Chetlatish: Sanogo (55).
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring