date
views 128

"Nasaf" ikki himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Nasaf" ikki himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

2023 yilgi futbol mavsumi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Qarshining "Nasaf" klubi rahbariyati yangi mavsumga tayyorgarlikni hozirdanoq boshlab yuborgan. Mavsum tugamasdanoq yetakchilar bilan shartnomalar uzaytirilmoqda.

Bugun “Nasaf” futbol klubining himoya qo‘rg‘onlari G‘olib G‘aybullayev va Alibek Davronovlar bilan shartnomalar uzaytirildi. Har ikkala himoyachi ham "ajdarlar" bilan 2027 yilgacha birga bo‘lishadi. Bu haqda qarshiliklar jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, G‘aybullayev hamda Davronov “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" ikki himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi