Xabaringiz bor, 26 noyabr tongida AQSHning Las-Vegas shahridagi "Mishelob Ultra Arena"da katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tgandi.
Uning doirasida hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (23-1-0) IBF yo‘nalishi chempioni, puerto-rikolik Sabriyel Matias (20-1-0)ga qarshi ringga ko‘tarilgan va jarohati sabab jangni yakuniga yetkaza olmagan edi. Shohjahon mana shu chempionlik jangi uchun 17 kilogramm vazn tashlashiga to‘g‘ri kelgandi. Jangdan keyin Ergashev shu yil aprel oyida noma’lum kimsalar oyog‘iga pichoq tiqib ketishgani va aynan shu jarohat chempionlik bahsida pand berganini aytgandi.
Yanada kuchli bo‘lib qaytishini aytgan charm qo‘lqop ustamiz Instagram sahifasi orqali o‘z o‘quvchilariga murojaat qildi. Ergashev kuzatuvchilardan Matiasga qarshi revansh jangi haqida so‘ragan. So‘rovnomada ovoz berganlarning 91 foizi revansh jangi o‘tkazilishi kerak degan. Qolgan 9 foizi esa revanshga hojat yo‘q degan ma’noda qarshi tugmani bosgan.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Ergashev ketma-ket 23 g‘alabadan so‘ng faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib olgan edi. Matiasda ham bitta mag‘lubiyat bor. IBF chempioni Ergashevga qarshi janggacha 19 ta g‘alabaga ega edi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring