O‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya va Fransiya terma jamoalari kubok uchun kurash olib bordi.
Qiziqarli va shiddatli kechgan bahs asosiy vaqti 2:2 hisobida yakun topdi. Penaltilar seriyasida esa 4:3 hisobida nemislar zafar quchdi va musobaqa g‘olibi nomiga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Mali o‘smirlari Argentina terma jamoasini yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi va musobaqa bronza medallariga ega chiqdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar