"Al Sadd" bosh murabbiyi: "Nasaf" kuchli jamoa"

"Al Sadd" bosh murabbiyi: "Nasaf" kuchli jamoa"

"Al Sadd" hamda "Nasaf" o‘rtasidagi OCHLning guruh bosqichi 6-tur o‘yinidan (2:2) mezbonlar ustozi Vissam Rizq ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Afsuski, omadimiz kelmadi. Biz g‘alaba qozonamiz deb umid qilgandik, ammo buni uddalay olmadik va durangga erishdik. Hozir guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibmiz va boshqa guruhlardagi natijalarni kutishga majburmiz. Biz imkonimiz darajasida harakat qildik, biroq muvaffaqiyatga erisha olmadik. Futbolchilar ko‘p ter to‘kishdi va jangovar o‘yin namoyish etishdi. Bu o‘yindagi durangni ko‘proq mag‘lubiyatga teng deyish mumkin. "Nasaf" kuchli jamoa, shunga qaramasdan, g‘alabaga yaqin edik, xavfli vaziyatlar sodir etdik, ammo omad bizga kulib boqmadi".

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar