10:23 / 05.12.2023
658

OCHL. "Paxtakor"ning guruhdan chiqishi uchun ssenariylar va 2-o‘rindagilar jadvali

OCHL. "Paxtakor"ning guruhdan chiqishi uchun ssenariylar va 2-o‘rindagilar jadvali

Osiyo Chempionlar Ligasining g‘arbiy mintaqadagi 5 guruhning eng yaxshi 3 ta 2-o‘rin egalari ham pley-offga yo‘l olishidan xabaringiz bor. Bugun "Navbahor" bu vazifani uddaladi: 13 ochko jamg‘argan holda eng yaxshi 2-o‘rin egasi sifatida nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi navbat "Paxtakor"ga. Biroq, pley-offga chiqish to‘liqligicha "sherlar"ning qo‘lida emas.

Uch yo‘llanmaning bittasi ("Navbahor"ga) ketdi. Qolgan ikki chipta uchun "Sepahon", "Al Sadd", "Persepolis" va "Paxtakor" jamoalari kurashni davom ettiradi. "Sepahon" 10 ochko va to‘plar nisbatiga ko‘ra, navbatdagi yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. "Al Sadd" esa "Persepolis" va "Paxtakor"ning mag‘lubiyatini kutishga majbur. "Persepolis"da barchasi o‘z qo‘lida, "Al Duhayl"ni yut va nimchorak final eshiklari ochiq. "Paxtakor" oldida esa guruhdan chiqish bo‘yicha bir-biriga mutlaqo o‘xshamas ikkita ssenariy bor.

Birinchi, ammo sensatsion(roq) ssenariy:

"Sepahon" Jiddada "Al Ittihod"ga 2:1 hisobida yengildi. Endi "sherlar" eng yaxshi 2-o‘rinlar jadvalida isfahonliklarni ortda qoldirishi uchun bugun "Al Fayha"ni "Sepahon" OKMKni yutgan (9:0) hisobda yutishi kerak bo‘ladi. Shundagina to‘plar nisbatiga ko‘ra, "Paxtakor" "Sepahon"ni quvib o‘tadi va "Persepolis"ning natijasidan qat’iy nazar pley-off ishtirokchisiga aylanadi.

Ikkinchi, ammo o‘zganing qo‘lidagi ssenariy:

Bugun bo‘lib o‘tadigan "Persepolis" - "Al Duhayl" bahsida toshkentliklar forslarning ochko yo‘qotishlarini kutishga majbur. Avvalo, "Paxtakor"ning o‘zi "Al Fayha"ni (imkon qadar yirikroq hisobda) yutishi talab etiladi. Shundagina ochkolar bo‘yicha "Paxtakor" eng yaxshi 2-o‘rin egalari orasida 3-o‘rinni egallab, pley-offning so‘nggi ishtirokchisiga aylanishi mumkin.

Ko‘rib turganingizdek, amaldagi O‘zbekiston chempioni oldida biroz murakkab sinov turibdi. Quyida 2-o‘rinlar jadvali bilan tanishishingiz mumkin:


Manba: Sports.uz


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. "Paxtakor"ning guruhdan chiqishi uchun ssenariylar va 2-o‘rindagilar jadvali