19 yanvar kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “Oktagon 54” turniri tashkil etiladi. Bu turnir qolganlaridan farqli ravishda juda qiziqarli o‘tishi kutilyapti. Sababi, ushbu kechada O‘zbekiston hamda Qozog‘iston vakillari o‘zaro to‘qnash keladi.
Jumladan, markaziy jang yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasi chempionligi uchun yurtdoshimiz Shohasan Mirzamatov(11-3) liganing amaldagi chempioni qozog‘istonlik Gergiy Kichiginga (29-10) qarshi bahs yuritadi.
Qolgan janglarda quyidagi vakillarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi:
- Mironshox Jafarov (5-1, O‘zbekiston) - Karim Ruzbakiyev (9-2, Qozog‘iston)
- Ibragim Shaymanov (5-5, O‘zbekiston) - Adilbek Kairgali (6-3, Qozog‘iston)
- Suxrobbek Atajanov (5-1, O‘zbekiston) - Risbek Baydullayev (2-2, Qozog‘iston)
- Parviz Nasrullayev (3-0, O‘zbekiston) -Timur Kuanish (3-0, Qozog‘iston)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar