Osiyo Chempionlar ligasi doirasida "Bunyodkor" va "Persepolis" klublari o‘rtasida kechgan uchrashuvdan so‘ng (0:1) o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etdi. Avvalo murabbiydan o‘yin haqidagi fikrini bildirish so‘raldi.
- Bu o‘yin haqida qanday fikr bildirish mumkin? Biz kuchli jamoaga mag‘lub bo‘ldik. Futbolda shunaqasi ham uchrab turadi. Men kecha ham eng kuchli jamoaga qarshi o‘ynashimizni aytgan edim. Shunday bo‘lib chiqdi ham.
- Jamoa o‘yiniga tezkorlik etishmadi...
- Futbolda 90 daqiqa to‘liq tezkor o‘yin ko‘rsatish mumkin emas. Qaysidir vaziyatlarda jamoa o‘yiniga nimadir etmay qoldi. Kerak bo‘lmagan joyda penalti ishlab berdik. Oxirgi daqiqalarda esa bosim uyushtirishni uddalay olmadik. Futbolchilar g‘alaba qozonishni juda istagan edilar. Aftidan haddan ortiq istak ularga pand berdi, shekilli. Biz oxirigacha kurashamiz. Futbolchilarga hech qanday e’tirozim yo‘q.
- Eldor Shomurodov yaxshi o‘ynay olmadi. Nima uchun Shodiev asosiy tarkibda o‘ynamadi?
- Shomurodov o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani 90 foizga bajardi. U o‘z ishini qila oldi. Shodievga kelsak, u 90 daqiqa o‘ynay olmas edi. Shu sababli zaxirada olib qoldik. U jarima maydonchasi futbolchisi. Agarda maydonga tushgani zaxoti gol urganida, hammasi joyida bo‘lardi.
- Nima uchun Sardor Rashidov yuqoridan keladigan to‘plar uchun kurashmaydi?
- Bu savolni Sardorning o‘ziga berish kerak. U mashg‘ulotlarda o‘zini yaxshi ko‘rsatadi. Balki o‘yin vaqtida buni uddalay olmas. Aslida mukammal futbolchining o‘zi bo‘lmaydi. Sardor boshqa tomonlama kuchli.
- Shomurodov 90 foizga o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarganini aytdingiz. Ammo u to‘p yo‘qotish bilan mashg‘ul bo‘ldiku?
- Siz o‘yinni ko‘rdingizmi? Eldor bor yo‘g‘i to‘rt marta to‘p yo‘qotdi. Biz raqibdan kelib chiqib uning oldinda raqibga bosim uyushtirishni aytgan edik. U bu vazifani bajara oldi. Shodiev esa faqat jarima maydonchasida o‘ynay olardi. U ham vaqti kelgani zahoti o‘yinga qo‘shildi va yaxshi o‘ynadi. Shomurodov esa hali yosh bola va bu bolakay qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga intildi. Agarda u gol urganida, qahramon bo‘lardi. Biz ishlashda davom etmoqdamiz. Jamoamiz endi shakllanib kelmoqda. Biz kelajak uchun intilyapmiz.
- Keyingi o‘yinda qanday tarkibni tushirishni rejalashtirmoqdasiz. O‘zgarishlar bo‘ladimi?
- Bu haqida hozir hech narsa deya olmayman. Buni faqat keyingi o‘yin oldidan hal qilamiz.
- Raqib jamoa bosh murabbiyi "Bunyodkor" o‘yinini to‘liq o‘rganganini aytdi. Ammo sizda ham raqibni o‘rganish uchun imkoniyat bo‘lgan. Bundan foydalana oldim, deb o‘ylaysizmi?
- Biz o‘yinga yaxshi tayyorlangan edik. Ammo o‘z xatomiz evaziga uni boy berdik. Penalti hammasini hal qildi. Biz uchun bu alamli mag‘lubiyat albatta. Ammo bunga bog‘lanib qolmasdan, keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun harakat qilishimiz kerak.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi