Proffesional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida WBC va WBO kamarlari sohibi Naoya Inoue (26-0, 23 KO) WBA va IBF chempioni Marlon Tapalesni (37-4, 19 KO) mag‘lubiyatga uchratdi.
Inoue avvaliga 4-raundda raqibini nokdaun qilgan bo‘lsa, 10-raundda uni bir yo‘la nokautga uchratdi.
Shu tariqa Naoya Inoue prof boksning ikkinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,34 kg) mutlaq chempionga aylandi.
Endi Inouening raqibi Murodjon Ahmadaliyev bo‘ladimi?
Ushbu reytingga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, WBC reytingida Luis Neri, WBA'da Murodjon Ahmadaliyev, IBF'da Sem Gudman majburiy da’vogar bo‘lsa, WBO‘da hozircha da’vogar mavjud emas.
Naoya dastlabki himoya jangini WBC reytingidagi bokschiga qarshi o‘tkazadi. Qolaversa, WBC konvensiyasida da’vogarlik maqomi ko‘rib chiqilganda, Inoue va Tapales jangi g‘olibi o‘z kamarini Luisdan himoya qilishi bo‘yicha ham qaror qabul qilingan. Undan so‘ng Murodjon Ahmadaliyev, keyin esa Gudmanning navbati keladi. Bundan xulosa qilinadigan bo‘lsa, Inouening navbatdagi jangi Luis Neriga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring