Birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq WBA va IBF yo‘nalishlari chempioni Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempion bo‘lish istagini bildirdi.
Yaqindagina da’vogarlar jangida meksikalik raqibi Kevin Gonsalesni texnik nokautga uchratib, raqibiga faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etgan Ahmadaliyev ushbu vaznda mutlaq jahon chempioniga aylanib olgan Naoya Inoue bilan jang qilishga tayyorligini aytdi.
"Insha Alloh, bu buyuk jang bo‘ladi! Inoue — o‘z ishining haqiqiy ustasi! Lekin men u shu kungacha jang qilgan raqiblariga qaraganda aqlliroq, yaxshiroq va kuchliroqman! Chempion, kel jang qilamiz!", - deya Naoyani ringga chorlagan Ahmadaliyev.
Manba: O‘zbekiston professional boks federatsiyasi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar