date
views 312

"Fotix Karagyumryuk" Otabek Shukurov bilan xayrlashmoqchi

"Fotix Karagyumryuk" Otabek Shukurov bilan xayrlashmoqchi
Turkiyaning "Fotix Karagyumryuk" klubi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Otabek Shukurov bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda "SportDigital" nashri jurnalisti Ertan So‘zgun xabar berdi.
 
27 yoshli yarim himoyachining turk klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Transfermarkt" portali terma jamoamiz yetakchisini 2.5 million yevroga baholamoqda.
 
Ma’lumot uchun, Shukurov joriy mavsum Turkiya Superligasida 15 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Fotix Karagyumryuk" Otabek Shukurov bilan xayrlashmoqchi